O‘FA rahbariyati O‘zbekiston U21 terma jamoasi bilan uchrashdi

  • 13.12.2025 18:05
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Ayni kunlarda Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O‘zbekiston U21 terma jamoasi milliy futbol markazida U23 Osiyo Kubogiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Bugun O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov yoshlar jamoamiz bilan uchrashdi. Bu haqida O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi.  

Suhbatda oldinda turgan Osiyo Kubogi futbolchilarga katta tajriba taqdim etishi ta’kidlandi. Avvalgi turnirda ham jamoalarimiz 2 yosh kichikroq futbolchilar bilan ishtirok etib, munosib natija qayd etgani, bu chempionat Olimpiada yo‘llanmasini taqdim etuvchi 2028 yilgi Osiyo kubogiga tayyorgarlik vazifasini o‘tashi aytib o‘tildi. 

"Yanvar oyida U23 Osiyo Kubogi bo‘lib o‘tadi. Olimpiadaga chiqish musobaqasiga maqsadli tayyorgarlik ko‘rish uchun 21 yoshli jamoa bilan ishtirok etasiz. Lekin sizlar bundan oldin terma jamoalar tizimida U17, U18 va U20 jamoalari bilan xalqaro musobaqalarda qatnashdingiz va tajriba orttirdingiz. Olgan tajribangiz yaqinlashib kelayotgan U23 Osiyo kubogida yordam beradi", - dedi Ravshan Irmatov

O‘z o‘rnida murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va tayyorgarlik jarayoni haqida suhbatlashildi, yoshlarimiz xarakter, professionalizm, intizom va ahillik namoyish etgan holda yuqori natijalar qayd etilishiga ishonch bildirildi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!