Osiyo chempionati. Sinxron suzuvchilarimiz 8 ta medalni qo‘lga kiritdi

Hindistonning Ahmadobod shahrida suv sporti turlari bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda.

Mazkur musobaqada sinxron suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi ham muvaffaqiyatli qatnashdi. Sportchilarimiz murosasiz bahslar davomida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 5 ta bronza medallarini jamg‘arishdi.

Oltin:
— Erkin duet;
— Texnik duet.

Kumush:
— Texnik solo (ayollar).

Bronza:
— Erkin mashq (jamoaviy);
— Texnik mashq (jamoaviy);
— Texnik mikst;
— Erkin solo (ayollar);
— Akrobatik mashq (guruh).

Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!