Osiyo oʻyinlari-2026: Bugun kumush medaldan boshladik

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dzyudo bellashuvlarining erkaklar oʻrtasidagi -73 kilogramm vazn toifasida hamyurtimiz Shahram Ahadov Osiyo oʻyinlari finalida BAA vakili Kazbek Naguchevga qarshi bahslashdi. Polvonimiz ushbu jangda kutilmaganda magʻlubiyatga uchrab, kumush medalga sazovor boʻldi

Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida davom etayotgan XX Osiyo oʻyinlarining dzyudo bahslarida vakillarimiz ham ishtirok etmoqda.

Ushbu natijadan soʻng Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 16 ta oltin, 20 ta kumush va 19 ta bronzaga yetdi.

Bir necha daqiqalardan soʻng, ayollar oʻrtasida -63 kilogramm vazn toifasida bronza medali uchun bahsda dzyudochimiz Marjona Nurullaeva Qozogʻiston vakili Esmigul Quyulovaga qarshi tatamiga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!