Oston Urunov bu borada yetakchi bo‘lib turibdi

  • 10.02.2026 15:11
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Oston Urunov "Persepolis"da ajoyib o‘yinlari bilan muxlislarni xursand qilmoqda. 

25 yoshli futbolchi har bir o‘yinda eng ko‘p dribling qilish borasida chempionat yetakchisi bo‘lib turibdi. Urunov har bellashuvda o‘rtacha 2.5 ta muvaffaqiyatli dribling amalga oshirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Urunov joriy mavsum Eron Pro-ligasida 19 bahsda qatnashib, 3+2 statistika qayd etib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!