O‘zbekiston bilan o‘ynaydigan Janubiy Koreya Rossiyada ishlagan murabbiyni olib keldi
Rossiyaning “Sochi” klubi sobiq bosh murabbiyi Robert Moreno kutilmagan taklif oldi. Ispaniya, Italiya, Frantsiya va Rossiya jamoalarida ishlagan ispaniyalik mutaxassis Janubiy Koreya milliy terma jamoasining vaqtinchalik bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Bu haqida Osiyo terma jamoasi o‘z ijtimoiy tarmoqlarida rasmiy xabar berdi.
Mutaxassis 2026 yil sentabr oyidan noyabr oyigacha bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvlari terma jamoalar yig‘ini davrida jamoa bilan ishlaydi.
Bu vaqt oralig‘ida Janubiy Koreya terma jamoasi Ekvador, Urugvay, O‘zbekiston va Venesuela terma jamoalariga qarshi to‘rtta uchrashuv o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, Robert Moreno 2023 yil 15 dekabrda “Sochi” bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.
U klubda qariyb ikki yil ishladi. Birinchi mavsumda jamoa Rossiya Premier-ligasidan tushib ketdi, ikkinchi mavsumda esa o‘tish pley-offi orqali yana yuqori divizionga qaytdi.
2025 yil sentabrida Moreno va “Sochi” o‘zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qildi. Yangi mavsumda u boshchiligida o‘tkazilgan yettita uchrashuvda klub faqat 1 ochko to‘plagan edi.
2026 yil yanvar oyida OAVda Moreno jamoa bilan ishlash jarayonida ChatGPT neyrotarmoğidan foydalangani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, bu uning ishdan bo‘shatilishiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Fikrlar