Peddi Pimblettning oktagonga qaytish vaqti ma'lum bo'ldi

  • 15.10.2026 14:16
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyalik UFC jangchisi Paddi Pimblett oktagonga qaytish vaqtini aytib o‘tdi.

"Hozir nima bo‘layotganini bilmayman. Kutib turishga to‘g‘ri keladi. Divizionimdagi hamma allaqachon "band" bo‘lishi mumkin... Yanvar oyida jang qilmayman. Agar shu yil oxirigacha raqib berilmasa, 2027 yilning mart yoki aprel oyida qaytaman", - dedi Pimblett.

Eslatib o‘tamiz, Paddi Pimblett oxirgi marta "UFC 329" turnirida oktagonga ko‘tarilib, fransiyalik Benoa Sen-Denini 1 raundda sabmishn orqali taslim etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!