PFL jangchisi giyohvand moddalarni tarqatishda gumon qilinib, hibsga olindi
Polshalik aralash yakkakurash ustasi Yan Tseplovskiy hibsga olindi. Bu haqda mahalliy jurnalist Matysek ijtimoiy tarmoqda xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Tseplovskiy to‘rtta kishi bilan birga taqiqlangan psixoaktiv moddalarni tarqatgan tashkilotga aloqadorlikda gumon qilinyapti. Politsiya bu guruhni jinoiy faoliyat bilan shug‘ullangan deb hisoblamoqda.
Agar 26 yoshli Yan aybdor deb topilsa, 12 yilgacha qamoq jazosiga hukum qilinishi mumkin.
Fikrlar