Premer-liganing 2 ta uchrashuvi issiq ob-havo sabab kechroq boshlanadigan bo‘ldi
Rossiya premer-ligasi "Orenburg" - TsSKA va "Orenburg" - "Rostov" uchrashuvlari vaqti o‘zgarganini ma’lum qildi.
Xabar qilinishicha, uchrashuv kunlari Orenburg shahrida anomal issiq ob-havo kuzatilishi bilan bog‘liq. Shu tariqa TsSKAga qarshi soat 18:00 ga belgilangan o‘yin 20:00da, "Rostov"ga (12 iyul) qarshi 20:00 da start berilishi kerak bo‘lgan o‘yin esa 22:00 da boshlanadigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 26 tur yakuniga ko‘ra, “Orenburg” 23 ochko bilan musobaqa jadvalida so‘nggi pog‘onada bormoqda.
Fikrlar