PSJ "Manchester Yunayted" bilan super yulduz uchun kurashadi
"Brayton" tayanch yarim himoyachisi Karlos Baleba grand klublar nishoniga tushgan.
Fransiyaning PSJ klubi "Brayton" yarim himoyachisi Karles Balebani sotib olmoqchi. Manbaga ko‘ra, Baleba parijliklarning asosiy transfer maqsadiga aylangan va ular futbolchi uchun 70-75 million yevro atrofidagi summani "chaykalar" hisob raqamiga o‘tkazib berishga tayyor ekanini ma’lum qilgan. Bundan tashqari, "Manchester Yunayted", "Chelsi", "Tottenxem" va "Nyukasl" klublari ham Karles uchun kurash olib borishga tayyor. O‘tgan yozda mankunyanliklar 22 yoshli xavbekni sotib olishga urinjan edi, biroq "Brayton" so‘ragan 100 million yevroni to‘lashdan bosh tortgandi. Ayni vaqtda futbolchining narxi anchagina pastlagan, sababi joriy mavsum u uchun barqaror o‘tmayapti.
Ma’lumot uchun, Baleba joriy mavsumda umumiy 24ta uchrashuvda maydonga tushgan. Biroq birorta ham samarali harakatni amalga oshirganicha yo‘q.
Fikrlar