Quvondiq Ro‘zievning yangi mavsumni qaerda o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi
So‘nggi kunlarda ko‘plab ijtimoiy tarmoqlar orqali “Qo‘qon-1912” jamoasining etakchi futbolchilaridan biri, qo‘qonlik muxlislarning suyukli futbolchisi Quvondiq Ro‘zievning boshqa jamoaga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar ko‘paydi.
Bu xabarlarga sabab Quvondiq Ro‘ziev hozirgi kunda eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri ekanligi hamda unga Superliganing ko‘plab klublari jiddiy qiziqish bildirganligidir.
Quvondiq o‘tgan mavsumlarda “Qo‘qon-1912” jamoasining almashtirib bo‘lmas futbolchilaridan biriga aylandi. So‘nggi yillarda futbolchiga Superliga hamda xorij jamoalaridan jiddiy takliflar bo‘lib turdi. Biroq ko‘plab takliflar bo‘lishiga qaramasdan, Quvondiq Ro‘ziev “Qo‘qon-1912” jamoasiga sodiqligini isbotlab kelmoqda.
Ro‘ziev kabi sifatli o‘yin ko‘rsatadigan futbolchini chempionatimizning grand jamoalari ham o‘z saflarida ko‘rishni istaydilar. “Qo‘qon-1912” jamoasi shuni ma’lum qiladiki, Quvondiq Ro‘ziev bilan kelgusi mavsumni yana Qo‘qonda o‘tkazishi borasida kelishuvga erishildi, - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
Fikrlar