Rakitich yana Messi haqida gapirdi
“Sevilya” yarim himoyachisi Ivan Rakitich “Barselona”dagi sobiq jamoadoshi Lionel Messi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Bu yuz foiz futbol. Kimligingiz muhim emas, shunchaki bu yigitning o‘yinini tomosha qilishingiz va zavqlanishingiz kerak.
U qolganlarga nisbatan bir bosh ustun. Boshqa buyuk futbolchilarga hurmat saqlagan holda shuni aytamanki, eng yaxshisi bitta – bu Messi. U birinchi raqamli o‘yinchi”, - dedi xorvatiyalik futbolchi.
33 yoshli Messi 6 karra "Oltin to‘p" sohibi hisoblanadi.
Fikrlar