Ramos faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin
Ispaniyalik himoyachi Serxio Ramos faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi "Defensa Central" nashri.
Manba bergan xabarga ko‘ra, futbolchining vakillari bir necha oylardan buyon “Al-Hilol” bilan muzokara olib borishgan, ular mavsumiga 30 million evro maosh bilan ikki yillik shartnoma taklif qilishga tayyor. Qayd etilishicha, Ramos faoliyatini Evropada davom ettirmoqchi, biroq Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishni istisno etmaydi.
Kecha, 2 iyun kuni Ramos jamoadan ketishini ma’lum qildi va bugungi “Klermon”ga qarshi o‘yin 37 yoshli himoyachi uchun frantsuz klubi libosidagi oxirgisi bo‘ladi.
Fikrlar