Rayan Garsiya va Konor Benn jangida kimning qo‘li baland keladi?
Sobiq jahon chempioni Teofimo Lopes yarim o‘rta vaznda WBC kamari sohibi Reyan Garsiya va britanlik Konor Benn o‘rtasidagi to‘qnashuv haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Menimcha, Benn sensatsiya qilish va g‘alabani qo‘lga kiritish uchun yetarlicha imkoniyatga ega. Uning eng katta ustunligi — ulkan motivatsiyasi. Ha, texnik jihatdan u bir oz ortda qolishi mumkin, lekin Romero haqida aytilgan gaplarni eslaylik: u faqat xarakter va istak hisobiga Garsiyani mag‘lub etgandi.
Ringda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Ko‘p hollarda eng muhim omil ruhiy tayyorgarlik hisoblanadi. Shuningdek, Benn ancha og‘ir va jismoniyat talab qiluvchi janglardan o‘tgan. Biroq meni jiddiy o‘ylantirayotgan jihat bor. Konor yarim o‘rta vaznda faqat shu bitta bahsni o‘tkazishi haqida mish-mishlar quloqqa chalinmoqda. Bu naqadar rost, u bunday gapni o‘zi aytgami-yo‘qmi, aniq bilmayman, lekin bunday xabarlar meni ikkilantirib qo‘yadi. Shu bois Reyanning g‘alabasiga ishonayapman", — dedi Lopes.
Eslatib o‘tamiz, Reyan Garsiya va Konor Benn qarama-qarshiligi 12 sentabr kuni Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar