“Real”: Baribir shu yulduzni olamiz!
“Real” klubi rahbariyatining “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri Ernandesga bo‘lgan qiziqishi tobora kuchayib bormoqda. Madridliklar 29 yoshli futbolchini jamoaga qo‘shib olish uchun jiddiy qadamlar tashlashga tayyor.
Bu haqida TEAMtalk xabar bermoqda.
Manba ma'lumotlariga ko‘ra, “Qirollik klubi” rahbariyati so‘nggi mavsumlarda jamoada yaqqol yetakchilar yetishmayotganidan xavotirda. “Real”dagilar Rodrini jamoa o‘yinchilarini boshqara oladigan, himoyaviy o‘yinni mustahkamlaydigan har tomonlama mos nomzod, deb hisoblamoqda.
“Manchester Siti” ham o‘z yulduzini qo‘yib yubormoqchi emas. Tomonlar yaqin oylarda hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha muzokara o‘tkazishni boshlaydi. Biroq, ayrim manbalarning ta'kidlashicha, “Oltin to‘p” sohibi o‘zining tug‘ilgan shahri – Madriddga qaytish imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda.
Joriy mavsumda Rodri barcha musobaqalarda 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 75 million yevroga teng.
Fikrlar