“Real” Mbappedan xavotirda

  • 22.02.2026 16:51
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubida hujumchi Kilian Mbappening soʻnggi oʻyinlari borasida jiddiy xavotirlar mavjud. "Qaymoqranglilar" safida fransiyalik hujumchining samaradorligi pasaymaganiga qaramay, uning yaxshi formasi qayd etilmayapti. Bu haqida Sport.es xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, "Real"ning Mbappe oʻyini borasidagi xavotirlari La Ligada "Osasuna"ga qarshi "koʻrimsiz" oʻyindan soʻng kuchaygan va "qaymoqranglilar" 1:2 hisobida magʻlub boʻlgan. Hujumchining formasiga yil boshida tizzasidan olgan jarohati taʼsir koʻrsatishi mumkin. Taʼkidlanishicha, "Qirollik klubi" muxlislari jamoa bosh murabbiyi Alvaro Arbeloani fransuzga dam berishga chaqirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!