"Real" Olise bo‘yicha rasmiy bayonot berdi
Madridning "Real" klubi frantsiyalik futbolchi Maykl Olise transferi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Avvalroq OAVda "qaymoqranglilar" Oliseni oʻz safiga qoʻshib olishni istayotgani va bu transfer uchun 150-220 million yevro atrofida mablagʻ sarflashga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Biroq "Real" rasmiy bayonot bilan chiqib, ushbu maʼlumotlarni rad etdi.
"Matbuotda klubimiz Oliseni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi ekani haqida xabarlar tarqaldi. Shu munosabat bilan maʼlum qilamizki, na futbolchi, na uning atrofidagilar va na klubi bilan hech qanday muzokaralar oʻtkazilmagan", — deyiladi madridliklar bayonotida.
Maʼlumot uchun, Xose Mourinyo bosh murabbiy sifatida qaytganidan soʻng "Real" tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda.

Fikrlar