“Real”, ovora bo‘lma, yulduzlarimizni ololmaysan!

  • 06.06.2026 08:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiya chempionati va Yevropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi “Pari Sen-Jermen” rahbariyati yozgi transferlar oynasi davrida grand klublar nishonida turgan  Vitinya yoki Joau Neveshni sotish niyatida emas.

Mundo Deportivo nashri ma’lumotiga ko‘ra, ushbu futbolchilar “Real Madrid”ga o‘tmaydi, hatto madridliklar klub xo‘jayini Florentino Peres aytganidek, ulardan biri uchun 150 million yevro taklif qilgan taqdirda ham parijliklar bu o‘yinchilarni qo‘yib yubormaydi.

Manbaga ko‘ra, PSJ rahbariyati “Real”ning mazkur qiziqishi klub prezidenti Florentino Peres ishtirok etayotgan prezidentlik saylovlari bilan bog‘liq ekanini tushunadi va bu vaziyatga aralashishni istamaydi.

Shuningdek, Parij klubida Vitinya yoki Joau Neveshning jamoani tark etish istagi borligi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Shu bois ular “Real” tomonidan bo‘lishi mumkin bo‘lgan 150 million yevrolik taklifdan xavotir olmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!