“Real” sotib yuborgan uch futbolchisini ortga qaytaradi
“Real” klubi rahbariyati jamoa tarkibida jiddiy oʻzgarishlar qilishni rejalashtirmoqda. Klubning transfer siyosatida ham endi boshqacha yondashuv boʻladi.
Xususan, “Qirollik klubi” bosh jamoalarga sotib yuborilgan uch nafar tarbiyalanuvchisini qayta sotib olish huquqidan foydalanib, Madridga qaytarmoqchi.
Maʼlumotlarga koʻra, madridliklar Italiya chempionatida “Komo” sharafini himoya qilayotgan markaziy himoyachi Xakobo Ramonni 8 million yevro, uning jamoadoshi — hujumkor yarimhimoyachi Nikolas Pasni esa, 9 million yevro evaziga qayta sotib olishni koʻzlayapti.
Shuningdek, klub “Shtutgart”ga sotib yuborilgan tayanch yarim himoyachi Chema Andresni 10 million yevroga qayta sotib olish huquqidan foydalanishni ham maqsad qilgan.
Fikrlar