“Real”ga Angliya yulduzini taklif qilishdi

  • 05.01.2026 14:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasida “Kristal Pэlas”dagi ishonchli oʻyinlari bilan bir qator grand klublar eʼtiborini oʻziga qaratib kelayotgan Adam Uorton yozgi transferlar davrida jamoasini oʻzgartirishi kutilmoqda.

Futboldagi vositachilar yaqinda 21 yoshli yarim himoyachi xizmatlarini “Real”ga taklif qilishdi. Bu oʻyinchini olish uchun 70 million yevro atrofida mablagʻ kerak boʻladi.

 Bu haqida AS nashri xabar berdi.

Manbaning taʼkidlashicha, Angliya terma jamoasida uchta oʻyin oʻtkazgan futbolchi “Qirolik klubi” rahbariyatida qiziqish uygʻotgani yoʻq va vositachilar taklifi koʻrib chiqilmaydigan boʻldi.

Adam Uorton 2024 yilning yozidan beri “Kristal Pэlas”  safida oʻynab kelmoqda. Joriy mavsumda u Angliya Premier-ligasida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning klub bilan tuzilgan shartnomasi 2029 yil iyunigacha amal qiladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!