"Roma" "Milan"ning sobiq darvozabonini qo‘lga kiritish arafasida
Italiyaning "Roma" klubi kolumbiyalik darvozabon Devis Vaskes bilan shartnoma tuzish arafasida. Bu haqda "Football Italia" nashri xabar berdi.
27 yoshli golkiper 3 kun avval "Milan"ni erkin agent sifatida tark etdi va allaqachon Rimdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Vaskes "Roma"da Mile Svilar uchun o‘rinbosar sifatida ko‘rilmoqda. Chunki asosiy raqobatchi Perluidji Gollini jamoani tark etishi kutilmoqda.
O‘tgan mavsumda Vaskes "Empoli" klubida ijarada to‘p surdi va 34 ta o‘yinda qatnashib, 47 gol o‘tkazib yubordi, 6 marta esa darvozasini daxlsiz saqladi. Darvozabonning bozor qiymati Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, 2 million evroga teng.
Eslatib o‘tamiz, Vaskes milanliklarga 2023 yili kelgan edi.
Fikrlar