Romano: Endrikning "Liona"ga o‘tishi aniq bo‘lgan

  • 20.12.2025 00:58
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"Real" hujumchisi Endrik qishda Frantsiyaga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda. 

Fabritsio Romanoga ko‘ra, tomonlar kelishuvga erishgan. Futbolchi mavsumning qolgan qismini "Lion"da o‘tkazadi. Lionliklar straykerni sotib olish bandisiz, ijaraga olmoqda. 

Real Madrid CF v Manchester City - UEFA Champions League 2025/2026

Shartnoma tafsilotlariga ko‘ra, Madrid klubi Endrikni o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini istamoqda va bitimda uning qancha o‘yinda maydonga tushishi kerakligi ko‘rsatilgan. Agarda braziliyalik hujumchi kafolatlangan miqdordagi uchrashuvda o‘ynamasa, "Lion" "Real"ga pul to‘laydi. 

Eslatib o‘tamiz, Endrik ushbu mavsum "qaymoqranglilar" tarkibida juda kam o‘ynadi. U maydonda jami 99 daqiqa harakat qilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!