Ronaldo Sanchesni o‘z jamoasida ko‘rmoqchi

"Braziliya" terma jamoasi sobiq futbolchisi va "Valyadolid" prezidenti Ronaldo "Manchester Yunayted" hujumchisi Aleksis Sanches haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Aleksis bir qancha klublarda muvaffaqiyatga erisha oldi. U katta iqtidor egas. Agar "Inter"dagi yurishi yakunlangan bo‘lsa, unda u uchun "Valyadolid" eshiklari ochiq", - deydi Ronaldo.

Sanches MYudagi faoliyati davomida 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!