Ronaldu faoliyatida bunaqa alamli statistika bo‘lmagan
Krishtianu Ronaldu Evropadan Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tganidan keyin Osiyo futbolida ham sovrinlarga ega chiqish uchun etarli imkoniyatlarga ega bo‘ldi.
Biroq 39 yoshli hujumchi sovringa etishishiga bir qadam qolganida umidlari puchga chiqmoqda.
Kuni kecha Ronaldu gol urganiga qaramay, “An-Nasr” Saudiya Arabistoni Superkubogini ashaddiy raqib “Al-Hilol”ga boy berdi.
Bu alamli mag‘lubiyatdan keyin statistika ekspertlari muxlislari e’tiborini Ronaldu uchun yoqmsiz ko‘rsatkichga qaratdi.
Krishtianu Ronaldu “An-Nasr”ga kelganidan beri sakkizta musobaqa finalida engilgan ekan. Umumiy hisobda esa, portugaliyalik yulduz klublar miqyosidagi faoliyati davomida jami o‘n marotaba finallarni boy bergan.
2022 yilning oxirida “An-nasr”ga qo‘shilgan Krishtianu Ronaldu hozirgacha 65 ta uchrashuvda maydonga tushib, 59 ta gol va 16 ta assist muallifi bo‘lgan.

Fikrlar