
Ronalduning futbolkasi qolmadi
“Manchester Yunayted”ga qaytgan Krishtianu Ronalduning futbolkasi bo‘lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Klub hamkori - Adidas kompaniyasi pandemiya sharoitida portugaliyalik futbolchining nomi va raqami tushirilgan sport kiyimlarini etarli darajada tayyorlab, etkazib berishga ulgurmayapti.
- Biz “Manchester Yunayted” bilan anchadan beri hamkorlik qilamiz. Shuning uchun ularning yuqor talabini ham qondirishga harakat qilyapmiz. Klub Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzolaganidan keyin uning formasiga talab nihoyatda oshib ketdi. Biroq, ayrim mahsulotlarga cheklov borligini inobatga olish lozim, - deb bayonot berdi Adidas kompaniyasi.
Eslatib o‘tamiz, Angliya premer-ligasi Ronalduning futboldagi mavqeini inobatga olib, “Manchester Yunayted”ga aslida Edinson Kavaniga tegishli bo‘lgan 7-raqamni topshirishga ruxsat berdi.
Shuningdek, urugvaylik hujumchi ham yangi jamoadoshiga raqamini berishga rozi bo‘ldi.
Fikrlar