Rossiya boks federatsiyasi: Qozog‘iston hozircha O‘zbekiston­dan orqada qolyapti

  • 02.10.2026 20:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiya boks federatsiyasi (RFB) qo’shidagi murabbiylar kengashi raisi Eduard Kravtsov Yevropa chempionati yakunlaridan so’ng milliy terma jamoa istiqbollari haqida fikr bildirar ekan, Qozog’iston va O’zbekiston terma jamoalarini solishtirdi, deb xabar bermoqda Championat.com sayti. 

«Rossiya hali ham dunyodagi eng kuchli boks maktablaridan biri hisoblanadi. Bu yerda hech qanday bo’rtirish yo’q. Biz shubhasiz yetakchilar qatorida bo’lamiz. Masalan, O’zbekiston terma jamoasi bilan Dubayda to’qnash kelganmiz. U yerda raqiblar eng kuchli tarkibda tushishgandi. Shunga qaramay, biz ham yakka bellashuvlarda, ham medallar umumiy hisobida ustun keldik. Bu natijalar bizning terma jamoamiz kelajagi borasida ma’lum tasavvur beradi.

Qozog’istonda ayrim vazn toifalarida kuchli bokchilar bor. Lekin ular hozircha O’zbekistondan orqada qolyapti. 

Shu bilan birga, boshqa terma jamoalarni ham inkor etib bo’lmaydi. Qolaversa, musobaqaning o’zi Osiyoda o’tadi. Turnir Qozog’istonda tashkil etiladi, shu bois biz qiyin sinovni kutyapmiz. Lekin yana bir bor ta’kidlayman, jamoa ruhan tayyor. Oldimizga qo’yilgan asosiy maqsad — umumjamoaviy hisobda birinchi o’rinni qo’lga kiritish», — dedi Kravtsov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!