"Samarkand-2026": Sэм Leydlou gʻolib, Kamron Xoʻjaev 13-oʻrinni egalladi
Samarqand 12–13 sentabr kunlari yana bir bor xalqaro sport markaziga aylandi. "Silk Road Samarkand" hududida o‘tkazilgan Challenge Samarkand-2026 triatlon musobaqasi professional sportchilar, havaskorlar, bolalar va ayollarni bir maydonga jamladi. Tadbirda dunyoning 40 ta davlatidan 1450 dan ortiq atlet qatnashdi.
Asosiy Middle Distance bahsida Frantsiya vakili Sэм Leydlou g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, O‘zbekistonning professional triatleti Kamron Xo‘jaev 13-o‘rinni egalladi.
Musobaqa "Challenge Family" xalqaro triatlon seriyasi doirasida tashkil etildi. Uning dasturidan asosiy "Middle Distance", "Sprint Distance", "Estafeta", "Women’s Run" va "Kids Run" bahslari o‘rin oldi. Shu tariqa musobaqa faqat professional triatletlar uchun emas, balki turli yosh va tayyorgarlik darajasidagi ishtirokchilar uchun ham ochiq sport festivaliga aylandi.

Fikrlar