Saudiya Pro-ligasi. "An-Nasr" yirik hisobda g'alaba qozondi. Ronaldudan navbatdagi gol
Saudiya Pro-ligasining 18-turidan o‘rin olgan bahsda "An-Nasr" safarda "Al-Xolud" bilan kuch sinashib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi va peshqadam "Al-Hilol" bilan farqni 3 tagaча qisqartirib oldi.
Dastlab, to‘qnashuvning 47-daqiqasida Krishtianu Ronaldu Joau Feliksning uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi. 53-daqiqada esa Simakan oradagi farqni 2 taga yetkazib qo‘ydi. Uchrashuv yakunlanayotgan paytda esa Kingsli Koman ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yib, o‘yinga nuqta qo‘ydi.
- Saudiya Arabistoni - Pro Liga
- Joriy Mavsum
Al Kholood
Tugadi
0
:
3
30.01.2026 22:30
An Nasr
- Kingsley Coman 87'
- Mohamed Simakan 53'
- Cristiano Ronaldo 47'
Fikrlar