Sebalos nega “Real”da qolish imkonidan voz kechganini tushuntirdi

  • 18.10.2026 12:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Betis” yarim himoyachisi Dani Sebalyos Madriddning “Real” klubi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilib, kelishuvning so‘nggi yilidan voz kechish qarori haqida gapirdi.

Futbolchining so‘zlariga ko‘ra, uning yaqinlari bu qarorini tanqidiy qabul qilgan. Sebalyos esa klubdan ketishini unga bo‘lgan minnatdorlik hissi va jamoa bilan xayrlashish jarayonini cho‘zib yubormaslik istagi bilan izohladi.

- Hamma “Real” bilan shartnomamning bir yilidan voz kechganim uchun meni aqlidan ozgan, deb aytdi. Hamma qandaydir variant paydo bo‘lishini kutishim kerakligini ta’kidladi.

Ammo menga 10 yil davomida hamma narsani bergan klubga hurmat ko‘rsatishim shart edi. Rostini aytsam, bu sahifani bir marta va butunlay yopish vaqti kelgan edi, - dedi Sebalyosning so‘zlarini Madrid Zone X ijtimoiy tarmog‘ida keltirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!