Sebalosni sotqinlikda ayblagan nashr futbolchidan uzr so'radi

  • 13.05.2026 19:02
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bir necha kundan beri koʻplab nashrlar “Real” ning ichidagi sotqin kim ekanligi haqida qiziqmoqda. Yakunda u Dani Sebalyos degan xabarlar yangray boshlandi.

Avvalroq, Estadio Deportivo nashrining tarqatgan xabariga koʻra, Valverde va Tchuameni oʻrtasida kelib chiqqan mojaroni Sebalyos OAVga tarqatgan deyilgandi. Ammo futbolchi klubning bosh murabbiyi Alvaro Arbeloadan shubxasi borligini aytmoqda. Endi nashr ushbu xabar yuzasidan raddiya eʼlon qildi.

"Sebalyos “Real”ning kiyinish xonasidagi vaziyatni hech kimga aytmagan, bu haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Shu tariqa nashr futbolchining shaʼniga dogʻ tushurganidan afsusda”,-deya yozib qoldirgan.

Maʼlum qilinishicha, kecha Florentino Peres matbuot anjumanida sotqinning ismini bilishini aytgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!