Sergeev va O‘runov ishtirokidagi o‘yin muxlislarsiz o‘tadi

  • 13.02.2026 17:53
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Ertaga Eron Pro-ligasi 21-turidan o‘rin olgan "Goxar" - "Persepolis" bahsi bo‘lib o‘tadi. Mazkur bellashuv muxlislarsiz o‘tadi. 

Viloyat xavfsizlik kengashi bu o‘yinni muxlislar bilan o‘tkazishga qarshi chiqdi. Uchrashuv Sirjon shahrida soat 18:30da start oladi. 

Eslatib o‘tamiz, "qizillar" safida hamyurtlarimiz Oston O‘runov va Igor Sergeevlar harakat qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!