Shomurodovning golsiz o‘yini qanday baholandi?
Statistik maʼlumotlar bilan shugʻullanuvchi Flashscore portali Turkiya Superligasi 7-turidan oʻrin olgan «Konyaspor» — «Istanbul Boshakshehir» uchrashuvi ishtirokchilari oʻyinini baholadi.
Konyada oʻtgan bellashuv gollsiz durang — 0:0 hisobida yakunlandi.
Oʻzbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov ushbu oʻyinni «Boshakshehir» asosiy tarkibida boshlab, maydonda toʻliq 90 daqiqa harakat qildi. Flashscore uning gollsiz oʻyinini 6,5 ballga baholadi.
Yana bir oʻzbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullaev esa 80-daqiqada Bertugʻ Oʻzgʻur oʻrniga maydonga tushirildi. U kam vaqt oʻynagani sababli, portal unga reyting balli qoʻymadi.
Uchrashuvda eng yuqori bahoni «Boshakshehir» darvozaboni Muhammad Shengеzеr oldi — 7,3 ball. «Konyaspor» futbolchilarining oʻrtacha koʻrsatkichі 6,2 ballni, «Boshakshеhir» oʻyinchilarining oʻrtacha bahosi esa 6,4 ballni tashkil etdi.

Fikrlar