“Siti” Gvardiola o‘rnini kimga topshirishi aniq bo‘ldi

  • 19.05.2026 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xosep Gvardiola “Manchester Siti”dan ketish arafasida turibdi, deb xabar bermoqda TEAMtalk nashri o‘z manbasiga tayanib.

Klubning o‘zidagi manbalarning ma’lum qilishicha, “Siti” rahbariyati APL mavsumining “Aston Villa”ga qarshi so‘nggi o‘yini ispaniyalik mutaxassis uchun jamoa boshqaruvidagi oxirgi uchrashuv bo‘lishini kutmoqda. Gvardiolaning shartnomasi yana bir yilga mo‘ljallanganiga qaramay, “shaharliklar” uning ketishiga bir necha oydan beri tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Ta’kidlanishicha, klub sport direktori Ugu Viana Enzo Mareskani Gvardiolaning asosiy vorisi sifatida belgilagan. Tomonlar shaxsiy shartnoma bo‘yicha printsipial kelishuvga ham erishgan.

Shuningdek, “Siti” rahbariyati Vensan Kompani variantini ham ko‘rib chiqqan, ammo belgilayik mutaxassis “Bavariya”ni tark etish niyatida emas.

Gvardiola 2016 yildan buyon “Manchester Siti”ni boshqarib kelmoqda va bu vaqt ichida klub bilan 20 ta nufuzli sovrinni yutib oldi. Jumladan, Angliya chempionligining oltita tituli va klub tarixidagi ilk Chempionlar ligasi g‘alabasi ham shular jumlasidan. Uning rahbarligi ostida jamoa qator rekordlarni o‘rnatdi va jahon futbolining eng kuchli jamoalaridan biriga aylandi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, rasmiy bayonot “Aston Villa”ga qarshi o‘yin oldidan e’lon qilinishi mumkin. Shundan keyin klub va muxlislar kataloniyalik murabbiy sharafiga maxsus marosim o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!