“Siti”: Shu yulduz aniq bizga oʻtadi!

  • 15.03.2026 09:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” rahbariyati keyingi paytda bir necha grand klublar eʼtiborini oʻzini qaratayotgan “Nottingem Forest” yarim himoyachisi Elliot Andersonni sotib olishga ishonmoqda.

Yanvarda Mark Gexi va Antuan Semenyo uchun xarajat qilganidan keyin, “Siti” yozda markaziy yarim himoya va oʻng qanot himoyasini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

TEAMtalk xabariga koʻra, manchesterliklar Andersonni yarim himoyachilar orasida asosiy transfer nishoni sifatida belgilagan. Unga qudratli klublar xaridor boʻlayotganiga qaramay, “shaharliklar”  Elliotni hamkorlikka koʻndirishiga qattiq ishonayapti.

“Siti”ning Andersonga qiziqishi Bernardu Silvaning shartnomasi mavsum oxirida tugashi bilan bogʻliq. Shuningdek, tizza jarohatidan keyin avvalgi darajasini koʻrsatmayotgan Rodri “Real”ga oʻtishi mumkinligi haqida ham gap-soʻzlar bor.

23 yoshli Andersonni sotib olish uchun manchesterliklar 90 million funtdan ortiq mablagʻ sarflashiga toʻgʻri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!