Skoulz Reşfordning MYUga qaytishini tasavvur qilmayapti

  • 13.05.2026 17:39
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Pol Skoulz Markus Reşford haqida fikr bildirdi. Hozirda "Barselona" safida ijara asosida toʻp surayotgan hujumchi yozgacha kataloniyaliklar sharafini himoya qiladi.

Hozircha 28 yoshli futbolchining kelasi mavsumda qaerda oʻynashi nomaʼlumligicha qolmoqda. "Manchester Yunayted" afsonasi bu borada keskin fikr bildirdi.

"Men endi Reşfordni "Manchester Yunayted"da koʻrmayapman. U barcha harakati bilan bu yerda oʻynashni istamayotganini koʻrsatdi. U oʻz ustida ishlashdan toʻxtadi.

Markusda tezlik ham, mahorat ham bor, ammo yetarli mehnatsiz hech narsaga erishib boʻlmaydi. Gap kibrda emas, balki u oʻzini aslidagidan koʻra kuchliroq deb oʻylay boshlagani boʻlsa kerak. MYuda bunday munosabat oʻtmaydi. Menimcha, odamlar buni darhol payqashdi", — dedi Skoulz.

Maʼlumot uchun, Reşford yaqinda "Barselona" safida Ispaniya chempioniga aylangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!