«Sky Camp Bo‘stonliq 2024» uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
29–30 iyun kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida tog‘ sport festivali bo‘lib o‘tadi. Dam olish kunlarini «Amirsoy»ning jozibador tabiat manzaralari qo‘ynida o‘tkazing va tog‘ sport bayramida faol ishtirok eting.
• Sky Camp BIKE – tog‘ yo‘l velopoygasi. Masofasi 13,5 km, balandlikka ko‘tarilish – 691 m;
• Sky Camp TRAIL – 10 va 20 km.lik, balandlikka ko‘tarilish – 619 m va 1238 m bo‘lgan noravon joylarda yugurish.
• Sky CAMP PEAK – Amirsoyning pastki bekatidan yuqori bekatiga qadar 4,2 km.lik balandlikka ko‘tarilishi 724 m bo‘lgan tog‘ cho‘qqisiga chiqish poygasi;
• Sky Camp ZEN – yugurish, yoga va meditatsiyani birlashtiradi;
• 2 kun chiqindilardan tozalab yugurish “plogging” poygasi;
Bundan tashqari, “Tesla Boy” guruhining kontsert dasturi bo‘lib o‘tadi.
Ushbu tadbir «Sky Camp TRAIL» Xalqaro treyl yugurish uyushmasi (ITRA) guvohnomasiga ega. Bu – ishtirokchilar ITRA ballarini qo‘lga kirituvchi O‘zbekistondagi ilk yugurish yo‘lagi hisoblanadi.
«Sky Camp Bo‘stonliq»da qatnashish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin>>>
Fikrlar