Superliga. 10-turning ikki o‘yinida VAR tizimi ishlaydi
18 – 20 iyun kunlari Superligada 10-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Bilasiz, joriy yildan e’tiboran milliy chempionatimiz uchrashuvlarida VAR tizimidan foydalanilmoqda.
Jumladan, Superliga 10-turidan o‘rin olgan ikki bellashuvda Video Assistant Referee tizimi ishlaydi. Bu haqda O‘zPFL rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Unga ko‘ra, "Paxtakor" - "So‘g‘diyona" va "Lokomotiv" - "Qo‘qon-1912" bahsida VAR tizimidan foydalanish rejalashtirilmoqda.
Fikrlar