Taekvondochilarimiz xalqaro musobaqada qatnashadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekistonning “Muhammadziyo Taekwondo Academy” jamoasi bosh murabbiy Ahror Asrorov boshchiligida 45 nafar sportchi bilan Qozog‘istonning Almaty shahriga keldi.

“Muhammadziyo Taekwondo Academy” jamoasi  safar davomida mahalliy taekvondo  klublari bilan qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazib, tajriba almashadilar hamda 13–14 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan klublar o‘rtasidagi xalqaro chempionatda ishtirok etadilar.

Delegatsiya tarkibida O‘zbekistonning eng kuchli va istiqbolli sportchilari jamlangan bo‘lib, ularning ishtiroki musobaqaga alohida qiziqish uyg‘otmoqda.

“Muhammadziyo Taekwondo Academy” jamoasi tarkibi quyidagicha ko‘rinish oldi.

Bolalar toifasi:
• Abdurahmon Xudoyberdiev – Gruziyaning Batumi shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnir g‘olibi;
• Imron Rustamov;
• Karim Ilyasov.

Kadetlar toifasi:
• Akbarjon Ikramov.

Yuniorlar toifasi:
• Odiljon Nizomov.

Kattalar toifasi:
• Ahmadjon Solihov – Qatarning Doha shahrida o‘tkazilgan G1 xalqaro turniri g‘olibi;
• Kozim Rustamov – Osiyo chempionati sovrindori;
• Mustafo Rizaev – Gruziyaning Batumi shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnir g‘olibi.

Qizlar o‘rtasida:
• Agzamova Nurzoda – xalqaro turnirlar g‘olibi;
• Abdurashidova Marjona – Prezident olimpiadasi g‘olibi.

Ushbu sportchilarning xalqaro va respublika miqyosidagi yuqori natijalari Almaty shahridagi musobaqa va qo‘shma mashg‘ulotlarga yanada katta qiziqish bag‘ishlamoqda.

Murabbiylar shtabi:
• Ahror Asrorov – bosh murabbiy;
• Abdurahmon Xodjabekov;
• Abdug‘ofur Tashbaev;
• Zubayr Marifov;
• Azamat Bahtiyorov.

“Muhammadziyo Taekwondo Academy” jamoasi ushbu safar orqali sportchilarining xalqaro tajribasini oshirish, do‘stona sport aloqalarini mustahkamlash va bo‘lajak nufuzli musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rishni maqsad qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!