Ter Shtegen "Barsa"da qoladi
"Barselona" klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen yanvar oyidagi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishni rejalashtirmayapti, deya xabar beradi "Marca" nashri.
Tajribali darvozabonga bu mavsumda o‘yin amaliyoti etishmayapti. Xans-Diter Flik boshchiligidagi murabbiylar shtabi Joan Garsiyani asosiy posbon sifatida ko‘rmoqda. Shunga qaramay, germaniyalik mavsum oxirigacha jamoada qolishga tayyor. Uning "ko‘k-anorranglilar" bilan shartnomasi 2028 yil yozida tugaydi.
33 yoshli ter Shtegen 2014 yil yozidan beri Kataloniya grandida o‘ynamoqda. "Transfermarkt" portali uning bozor qiymatini etti million evroga baholamoqda.
Fikrlar