Terrens Krouford: "Men butun umrim davomida orzu va bir juft qo‘lqopdan boshqa hech narsasi bo‘lmagan bola uchun jang qildim"

  • 17.12.2025 17:55
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Besh vazn toifasida jahon chempioni Terrens Krouford (42-0, 31 KO) faoliyatini yakunlash to‘g‘risidagi qarorini izohlab berdi.

"Har bir jangchi bu lahza kelishini biladi, ammo qachon ekanini bilmaydi. Butun umrim davomida nimanidir izlab yashadim. Bu kamarlar, pul yoki mashhurlik emas edi. Bu tuyg‘u butun dunyo sendan shubhalanganda va sen ularning yanglishganini isbotlaganingda paydo bo‘ladi. Men oilam uchun, shahrim uchun jang qildim. Orzu va bir juft qo‘lqopdan boshqa hech narsasi bo‘lmagan o‘sha bola uchun kurashdim. Men bu sportga har bir nafasim, har bir chandiq, har bir yutuq va yuragimning har bir zarrasini baxshida etdim!" - deb yozdi amerikalik ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Krouford oxirgi jangida Saul Alvaresni engib, super o‘rta vaznda mutlaq jahon chempioniga aylangandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!