Terrens Krouford O‘zbekistonga keladi!

  • 04.11.2025 19:41
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Xabaringiz bor, 14 noyabr kuni soat 18:00 da, Toshkent shahridagi "Humo Arena" majmuasida "Lift Promotions" kompaniyasi tomonidan professional boks kechasi tashkil etiladi.

Unda hamyurtlarimiz - Bahodir Jalolov, Shahram G‘iyosov, Lazizbek Mullajonov va A’loxon Abdullaev bilan bir qatorda, boshqa davlat vakillari ham ishtirok etishi rejalashtirilgan. 

E’tiborlisi,  o‘sha kuni boks bo‘yicha jaxon chempioni, amerikalik Terrens Krouford  "Humo Arena" da mehmon bo‘ladi. Bu haqda "Lift Promotions" Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Avvalroq, yana bir boks yulduzi Aleksandr Usik ham ushbu oqshomga kelishi ma’lum qilingandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!