“Tottenxem” sardori oʻziga boshqa jamoa tanladi
Angliya Premier-ligasi klubi “Tottenxem” sardori Kristian Romero Italiya ning amaldagi chempioni “Inter” tarkibiga o‘tishga rozilik berdi.
Romero o‘tgan yozdagina “Tottenxem” bilan yangi shartnoma imzolagan va jamoa sardori etib tayinlangan edi. Biroq yana bir omadsiz mavsumdan keyin argentinalik himoyachi klubini o‘zgartirishga qaror qilgan.
Jurnalist Sebastyan Vidal ma’lumotiga ko‘ra, “Inter” allaqachon Romeroning hamkorlik bo‘yicha roziligini olgan va hozirda “Tottenxem” bilan transfer shartlari bo‘yicha muzokara olib bormoqda.
Milan klubi Argentina terma jamoasining 28 yoshli himoyachisini 2026/2027 yildagi mavsum uchun ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Bitimga futbolchini keyinchalik 40 million yevro (34,2 million funt sterling) evaziga majburiy sotib olish sharti kiritilishi kutilmoqda.

Fikrlar