UEFA Chempionlar ligasida jiddiy o‘zgarish bo‘ladi
Nike kompaniyasi Yevropa klub musobaqalari uchun rasmiy to‘p yetkazib beruvchi maqomi bo‘yicha UEFA bilan eksklyuziv muzokaralar olib bormoqda.
Gap bir vaqtning o‘zida uchta turnir — Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi va Konferensiyalar ligasi haqida ketmoqda. Agar kelishuv amalga oshsa, Amerika brendi 2001 yildan beri Chempionlar ligasi uchun to‘p yetkazib kelayotgan Adidas o‘rnini egallaydi.
New York Times nashri ma’lumotiga ko‘ra, yangi huquqlar 2027-2028 yildgi mavsumdan kuchga kiradi va 2031 yilgacha amal qiladi. Qaror 2026 yil mart oyida boshlangan tender natijasida qabul qilingan.
UEFA tasdiqlashicha, klub musobaqalarining marketing huquqlarini boshqaruvchi UC3 qo‘shma korxonasi Nike bilan eksklyuziv muzokaralar bosqichini boshlashga kelishib olgan.
Shu tariqa, Nike Yevropaning eng nufuzli klub musobaqasida Adidas kompaniyasining 25 yillik ustunligiga barham berishga yaqin turibdi.
Shu bilan birga, Adidas 2026-2027 yildgi mavsumda ham Chempionlar ligasi uchun to‘p yetkazib berishda davom etadi, Kipsta (Decathlon) esa amaldagi shartnomalar tugagunga qadar Yevropa ligasi va Konferensiyalar ligasi uchun to‘p yetkazib beruvchi bo‘lib qoladi.
Fikrlar