Varan "Real"da qolishi mumkin, agar...

  • 12.04.2019 19:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Real" Madrid klubi himoyachisi Rafael Varan maoshi oshirilgan taqdirda jamoada qolishga rozi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qirollik klubi” 25 yoshli frantsuz futbolchisining yillik maoshini 6 mln evrodan 9 mln evrogacha oshirishga tayyor. Chunki, madridliklar Varanni qo‘yib yuborishmoqchi emas. Boisi, ular Rafael jamoadan ketgan taqdirda, xuddi uning saviyasidagi himoyachi sotib olishga ishonishmayapti.

Ma’lumot uchun, Varan joriy mavsum “Real” safida jami 37ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!