Xavi ikki yulduzdan ayrilishi mumkin
“Barselona” mutasaddilari klubning moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, yulduz darajasidagi o‘yinchilar bilan ham xayrlashishga tayyorligi haqida ma’lumotlar tarqatilmoqda.
Todofichajes nashrining yozishicha, yozda ikki nafar mashhur futbolchi – germaniyalik Ilkay Gyundog‘an va braziliyalik Rafinya Kataloniyani tark etishi mumkin.
Rahbariyat Angliyaning bir necha klublari nishonida turgan Rafinni sotib yuborishni ko‘zlayapti. Ular bu transfer orqali 100 million evro atrofida mablag‘ ishlab olmoqchi.
Ilkay Gyundog‘an esa, o‘tgan yozda “Barsa” safiga qo‘shilgan edi va jamoadoshlari bilan kutilgan darajada chiqishib keta olmagani aytilmoqda.
Tajribali yarim himoyachi “Atletiko” nishonida turibdi va madridliklar bu transfer uchun 12-15 million evro tikishi kutilyapti.
Fikrlar