Xolanddan voz kechishdi
“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand “Barselona”ga transfer qilinmaydi. Barca Universal ma'lumotiga ko‘ra, Joan Laporta Kataloniya klubi prezidenti lavozimiga qayta saylangandan so‘ng norvegiyalik hujumchini sotib olishni to‘liq rad etdi.
Holandni xarid qilish va'dasi Laporta uchun prezidentlik saylovida “B reja” variantini o‘tgan, agar u prezidentlik saylovida ortda qolgan taqdirda, Holandni olib kelishni va'da qilish orqali ovozlar sonining oshishiga ta'sir o‘tkazmoqchi bo‘lgan.
Joan Laporta bunday transfer moliyaviy jihatdan “Barselona” iqtisodiyotini izdan chiqarishini yaxshi tushunadi va klubning hozirgi muvaffaqiyatlarini hisobga olganda, bu transferga ehtiyoj yo‘q.
Erling Holandning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2034 yilning 30 iyunigacha tuzilgan. Qimmatbaho o‘yinchiga “Barselona”ning ashaddiy raqibi “Real” ham da'vogarlik qilmoqda.
Fikrlar