Yamal asr rekordini o‘rnatdi
Ispaniya chempionligi unvonini himoya qilayotgan “Barselona” La Liganing 26-turi doirasida uchrashuvda “Vilyarreal” futbolchilari 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Kataloniyaliklarning gollaridan uchtasi Lamin Yamal kiritdi, bittasi Robert Levandovski hisobiga yozildi.
Yamal faoliyatidagi birinchi xet-trik uning nomini tarixga kiritilishiga sabab bo‘ldi. Lamin 19 yoshgacha “top-5” ligalarida 25 ta gol urgan birinchi futbolchiga aylandi.
Bu haqida Opta Sports xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, bu xet-trikdan keyin 18 yoshli futbolchi La Ligadagi 95 ta uchrashuvda umumiy gollari sonini 27 taga yetkazib oldi.
Joriy mavsumda Yamal barcha musobaqalarda 31 o‘yin o‘tkazib, 16 ta gol urdi va 13 ta golli uzatma berdi.
Fikrlar