Yamal o‘zini noqulay his qilishda davom etsa, operatsiya qilinadi
"Barselona" vingeri Lamin Yamal qov sohasida noqulaylikni his qilishda davom etmoqda, ammo klub hozircha jarrohlik amaliyotini o‘tkazishni rejalashtirmayapti, deb xabar beradi Diario Sport.
Manbaga ko‘ra, futbolchi va "Barselona" tibbiy shtabi jarrohlik amaliyotidan voz kechishga qaror qilgan, ammo muammo to‘liq bartaraf etilmagan.
"Agar yoqimsiz hissiyotlar yaqin haftalar davomida saqlanib qolsa, operatsiya varianti Lamin, uning atrofidagilar va klub tomonidan qayta ko‘rib chiqiladi", - deya ta’kidlaydi manba.
Shuningdek, futbolchi operatsiya qanchalik yordam berishi mumkinligini baholash uchun tashqi konsultatsiyalardan o‘tgani aytilmoqda. Hozircha usiz ishlashga qaror qilindi va Lamin noqulaylikka qaramay, maydonga chiqishda davom etadi.
Fikrlar