Yangilangan FIFA reytingida O‘zbekiston MTJ pastladi
FIFA terma jamoalarning fevral oyidagi yangi reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Belgiya milliy terma jamoasi hamon 1828 ball bilan peshqadamlikni saqlab qoldi. Ikkinchi o‘rindagi Braziliya 1826 ochko jamg‘argan. Kuchli uchlikka yakun yasagan Frantsiya hisobida 1786 ochko mavjud.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 10 fevral holatiga ko‘ra, 1-pog‘ona pastlab, 85-o‘rinni band etgan. Hisobimizda 1274 ochko bor. "Oq bo‘rilar" Osiyo jamoalari orasida 11-pog‘onani egallagan. Srechko Katanets shogirdlari fevraldagi FIFA kunlarida 1 ta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Fikrlar