Yurtimizda ishlagan mutaxassis Tojikiston klubini boshqaradi

  • 11.07.2025 20:52
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Tojikiston chempionati vakili – “Xo‘jand” klubida bosh murabbiy o‘zgardi.

Klubni boshqarib kelgan mahalliy murabbiy Rustam Xodjaev iste’foga chiqdi va uning o‘rniga o‘zbek muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan rossiyalik Aleksandr Krestinin bosh murabbiy etib tayinlandi.

Yodingizda bo‘lsa, u milliy chempionatimizda “Bunyodkor” va “Lokomotiv” klublarini boshqargan. Bungacha esa u Qirg‘izistonning “Bars” jamoasiga bosh murabbiylik qilib kelayotgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!