Zidan Kurtuadan o‘yin uslubini o‘zgartirishini so‘ramoqda

  • 28.08.2019 10:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Real" Madrid klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan darvozabon Tibo Kurtuadan o‘zining o‘yin uslubini o‘zgartirishini so‘radi.

Defensa Central nashri tarqatgan xabarga qaraganda frantsiyalik mutaxassis belgiyalik posbonni o‘yin paytida himoyachilar bilan masofani saqlab turish uchun oldinga chiqishi kerak deb hisoblaydi. Shu bois Zidan unga bu boradagi fikrlarini bildirgan va o‘yin uslubini o‘zgartirishini so‘ragan.

Ma’lumot uchun, Kurtua joriy mavsum La Ligada 2ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 2ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!